Ko'ngil istagani bo'lmas ekan doim,
Sog'inchlarim senga nega yetmas doim?
Tobora bilaman, qiziqmas kunlar sensiz,
Seni o'ylamagan kunlarim yo'q sensiz,
Sensiz kunim mazmunsiz.
Yuragimda faqat o'zing,
Sezmaysan buni nechun?
Ko'nglim orzusi o'zing,
Ko'rmaysan buni nechun, sevgilim?
Sevgi nima o'zi?
Bilmas edim chindan.
Seni uchratib men,
His etdim uni dildan.
Nahotki shunchalar qiynalar yuraklar undan,
Nahotki shunchalar qiyindir sinovi?
Sog'inch, sog'inch, sog'inch qiynar meni.
Yuragimda faqat o'zing,
Sezmaysan buni nechun?
Ko'nglim orzusi o'zing,
Ko'rmaysan buni nechun, sevgilim?