Sevganim bir yor edi,
Hurmatim bisyor edi. (x2)
Bevafo erkam malak,
Men esa jonim halak.
Rishtani buzdi o'shal,
Ahdini buzdi o'shal,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.
Kim boqib lol bo'lmagay,
Oshuftahol bo'lmagay.
Xoh shirin, xoh g'amlidur,
Xoh u bir damlidur.
Yod etish ham qarz erur,
Yod etish ham farz erur,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.
Yodima tushdi, netay,
Sharhi g'am kimga aytay?
Dilda g'am, ko'zlarda nam,
Goh uni yod aylasam.
Yuragim dardga to'lar,
Eski dard yangi bo'lar,
Yangi oy chiqqan kecha,
Yangi oy chiqqan kecha.
Yangi oy chiqqan kecha…