[Bojalar guruhi]
Vujudimda muhabbat qoni oqar,
Yuragimda sog'inch alanga yoqar.
[Umidaxon]
Dardim aytmoqlik uchun aylanmas zabon,
Ko'ngil so'zin anglab ol, ko'zimga qarabon.
[Shahzod]
Xatolarim o'zimga bo'ldi dushman,
Atrofingda aylangan sadosiz qushman.
[Ruhshona]
Qaniydi suhbatlashsam to'yib-to'yib,
Orom topsam bag'ringga boshim qo'yib.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Bojalar guruhi]
Asalim mani, jonim, shakarim mani.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Shahzod]
Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.
[Bojalar guruhi]
Har kun tayyorlanaman bugun aytarman deb,
Ammo jimgina qaytaman, ta’zirimni yeb.
[Umidaxon]
Birinchi sen aytsang, bo'lardi oson,
Qalbimdagi izhorim sochardim shu on.
[Shahzod]
Aybim sezib, yuzingga qarolmayman,
Dilingda ne borligin so'rolmayman.
[Ruhshona]
Bedorlikda tunlarim o'tar uzun,
Sensizlikdan hayotim ostin-ustun.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Bojalar guruhi]
Asalim mani, jonim, shakarim mani.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Shahzod]
Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Bojalar guruhi]
Asalim mani, jonim, shakarim mani.
[Bojalar guruhi, Umidaxon, Shahzod, Ruhshona]
Aytolmayman, aytolmayman ko'zlaringga,
Aytolmayman, aytolmayman yuzlaringga.
Ketolmayman, ketolmayman bir so'z tinglamay,
[Shahzod]
Hayotim, xayolim, yagonam, birdonam.
[Bojalar guruhi]
Aytolmayman, aytolmayman… {x2}
Shunaqa…