Osmonda yulduzlar har tomondan chorlar,
O'z dog'iga tortardi hatto bizni dengizlar.
Ushalmas orzu bo'ldi, cheki yo'q zulmat bo'ldi,
Bizning sevgi ertaklar, tillarga noo'rin bo'ldi.
Endi baxtlimisan, meni unutib, aytgin?
Mo'jizali kunlarni, jonim, unutmagin.
Qalbim berar buyruq, vaqt o'tib sog'indimku,
Nega tushunmaysan, yurak, u bizni unutganku.
Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko'z yosh to'kib yig'laydi.
Endi yo'q bizning kulgu,
Endi yo'q bizda qayg'u.
Endi yo'q bizning tuyg'u,
Bu shunchaki orzu. (x2)
Ne uchun yosh to'kasan, qani menga ayt,
Quyosh bo'lib nurim sochganimmi ayb?
Faqat ayblama, aybim tan olaman,
Xom xayolga berilib qolganman.
Balkim sen orzu qilgandek bo'la olmadim,
Qimmatbaho sovg'a hadya etolmadim.
Lek beroldim senga oz bo'lsada baxt,
Arzon baxt uchun yig'lashing shart emas.
Eslasam o'sha kun, yomg'irli oqshom,
Yodimdan chiqmaydi hattoki bir on.
Bag'rimga bosgandim, labingdan o'pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.
Ko'zingga termulsam, ko'zing sevgidan so'zlar,
Sovuqda lablaring lablarimni qo'msar.
Endi bu so'zlarni senga aytish befoyda,
O'ylaganimdek sevgida yo'q ekan qoida.
Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko'z yosh to'kib yig'laydi.
Endi yo'q bizning kulgu,
Endi yo'q bizda qayg'u.
Endi yo'q bizning tuyg'u,
Bu shunchaki orzu. (x2)
(Eslasam o'sha kun, yomg'irli oqshom,
Bag'rimga bosgandim, labingdan o'pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.)
Endi ortga qaytmaydi,
Ko'z yosh to'kib yig'laydi.
Endi yo'q bizning kulgu,
Endi yo'q bizda qayg'u.
Endi yo'q bizning tuyg'u,
Bu shunchaki orzu. (x2)