Ko'ngil bog'im cho'l aylaysan,
Mani ovoralar qilib.
Ko'zim yoshin ko'l aylaysan,
Yana favvoralar qilib.
Yurak sho'rlik orzularga
Bozor o'ldi ozoringdan. (x2)
Sitamlaring do'l aylaysan,
Bag'rim ming poralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.
Visolingni so'rab borsam,
Ochib oshiq qo'llarimni. (x2)
Gado ochgan qo'l aylaysan,
Yuzimni qoralar qilib. (x2)
Bu bechora qismatimga
Izlagayman hanuz chora. (x2)
Yeng-u yoqam ho'l aylaysan,
Hanuz bechoralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.
Egilgan bosh ila qoldim,
Sanchi nozu firoqingni. (x2)
Har o'tganda mo'l aylaysan,
Qadding minoralar qilib. (x2)
Botirligim qolmadi, yor,
Sening ham o'tdi gulliging. (x2)
Shundan o'ngim so'l aylaysan,
Dardingga choralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.