Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing. (x2)
Yangi asru, yangi yilda yangi omaddan darak, {x2}
Xur saningdan ishq o'rib, bog'da gul ochgan rizq ro'zing. {x2}
Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing.

Bosh ko'tarmish tog'da lola, uygo'nibdi qir-adir,
Bosh ko'tarmish tog'da lola, uygo'nibdi qir-adir.
Misli g'aflatdan ko'z ochgan ong, g'ururing ham so'zing,
Misli g'aflatdan ko'z ochgan ong, g'ururing ham so'zing,
Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing.
Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing.
Men bahor ko'rkida ko'rdim O'zbekiston ertasin,
Men bahor ko'rkida ko'rdim O'zbekiston ertasin.
Unda bir xilda munavvar ham kechang, ham kunduzing,
Unda bir xilda munavvar ham kechang, ham kunduzing.
Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing.
Assalom shonli elim, bo'lgay muborak Navro'zing,
Ko'kda porloq oftobu yerda nurlidir yuzing.
Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.