Shukronalar aytay, aytay sanolar,
Turna karvoniga to'lmish samolar. (x2)
Umri farzonalar, aziz momolar,
Umri farzonalar, aziz momolar,
Bahor, gullar sizga to'yona bo'lsin,
Sizga to'yona bo'lsin, sizga to'yona bo'lsin. (x2)
Sochingizga zebdir tol bargaklari,
Maynalar cho'p tashirlar sergaklanib. (x2)
Yam-yashil maysalarga yo'rgaklanib,
Uyg'onuvchi bog'lar gulxona bo'lsin.
Bahor, gullar sizga to'yona bo'lsin,
Sizga to'yona bo'lsin, sizga to'yona bo'lsin. (x2)
G'unchalar labini ochar xandaga,
Suluvlar o't qalar qo'sh chirmandaga. (x2)
Bahorga zoru-zor mendek bandaga,
Dutorin sozlashga bahona bo'lsin.
Bahor, gullar sizga to'yona bo'lsin,
Sizga to'yona bo'lsin, sizga to'yona bo'lsin.
Turna qanotida keladi bahor,
Bulbul bayotida keladi bahor. (x2)
Ko'klamni sog'inib yashnadik, alhol,
Qutlug' diyorimiz to'yxona bo'lsin.
Bahor, gullar sizga to'yona bo'lsin,
Sizga to'yona bo'lsin, sizga to'yona bo'lsin. (x2)