Mening ko'zimmi bu, o'zim hayronman,
Hayratda qoldim-o ayni zamon man.
Qirqilgan, bo'yalgan sochlar aro man,
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko'rdim, {x2}
Uzun ko'ylak kiygan, yengsizni ko'rdim, {x2}
Ko'zlarim qamashdi bir kuni nogoh, {x2}
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim. {x2}
Bo'yiga suykalib shabboda yeldi,
Har bir oshig'in yuragin yedi.
Sochiga berkinib yig'lagim keldi,
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko'rdim,
Uzun ko'ylak kiygan, yengsizni ko'rdim,
Ko'zlarim qamashdi bir kuni nogoh,
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim.
Yig'lagim keldi-da dillarim bo'shab,
Dardlarimni to'kib, poyiga to'shab.
Nimani ko'rgandim o'ttiz yil yashab,
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim.
So'zlarim dilingiz o'rtamasinlar,
Kalta sochli sanamlar tergamasinlar.
A’zamdan og'rinib, yig'lamasinlar.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko'rdim,
Uzun ko'ylak kiygan, yengsizni ko'rdim,
Ko'zlarim qamashdi bir kuni nogoh,
Bo'yi bilan sochi teng qizni ko'rdim. (x2)