Esiz-esiz, esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda.
Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda.
Oppoq tongni ulab tiyrai shomga, {x2}
Birda shak keltirib sirli olamga,
Goho ta’zim qilib battol, badnomga,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda.
Goho ta’zim qilib battol, badnomga,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda.
Mavj urib daryodek, qirg'oqdan toshib,
Yurar yo'limizdan birda adashib, (x2)
Kim bilandir zimdan mansab talashib,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda. (x2)
Erta bilan bog'liq ne damlarimiz,
Bilib-bilmay bosgan qadamlarimiz,
Xayrli ish, alam, taramlarimiz,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda.
Keksalik mo'ralab eshik qoqmoqda,
Bolalik boshqatdan qaytarilmoqda, (x2)
Bizdan erta kunga nelar qolmoqda,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda. (x2)
Esiz-esiz, esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o'tmoqdadir, umr o'tmoqda. {x2}