Bu tun yomg'ir yog'di dardlarini to'kib,
Unga sherik bo'lar bir go'zal yosh to'kib.
O'ziga o'zi savol beradi har tunda:
“Mening sevgan yorim hozir qayerlarda?”
Tasavvurida ko'rar uni xayol qilib,
Uning ko'zi ojiz bo'lgan bir bor ko'ngil berib.
O'zgaga aytolmaydi, dardi ichida,
Nafratga yo'li yo'q, hamon yigit qalbida.
Kuni kecha edi yigit bilan u baxtli,
Yigitning yolg'on so'zi go'yoki samimiy.
Qiz esa aqldan ozgancha sevadi uni,
Afsuski bilmasdi yigitning dardini.
Tundan tonggacha: – “Sevaman, allo”,
Qiz esa juda xursand, hatto o'zida yo'q.
Chunki qiz uni oldindan sevar edi,
O'zicha o'ylar: “baxtim qo'limda” edi.
Afsus ko'zlaridan to'kilar armonli yosh,
Uning yuragiga tushirmas nurin quyosh.
Lek yetib bo'lmaydi, (yetib bo'lmaydi)
Hamma orzularga, ortga qaytib bo'lmaydi, (qaytib bo'lmaydi)
Endi kech afsuslarga.
Qizni taklif qildi o'z tug'ilgan kuniga
Va katta pul so'radi mana shu uyiga.
Kech soat bir, ikki, qizni qo'yib yubormadi,
Qiz o'zida emasdi, qizig'i shunisi edi.
Maishatga berilgan qiz o'zida emas,
Yigit bilan qolib bu tun, endi qiz emas.
Tong otib qiz o'ziga ishonmasdi,
Tilla taqinchoq, puli o'zida emasdi. (o'zida emasdi)
Qizdan foydalangan yigit endi yo'q,
Uzoqqa bormadi kunlari o'tib qo'ng'iroq.
Yigit avtohalokatga uchragan ekan,
U bugun erta ko'zlaridan ayrilar ekan.
Qiz esa ahmoq oldiga shoshardi,
Doktorga yolvora ko'zidan kechardi.
Kunlar o'tib asta yigit o'ziga keldi,
Lek yigitning bulardan xabari yo'q edi.
Qiz esa xat tashlab ketgan edi yigitga,
Yigitni qiziqtirmadi u xat nega?
Ancha vaqtlar o'tdi, ko'zi tushdi xatga,
O'qiganda jiq-jiq yosh keladi ko'ziga.
Xatda esa shunday yozilgandi:
“Azizim, ikki ko'zlarim endi faqat siz bilan”.
Qizni bu sevgisidan yigitni ko'zida yosh,
Yigitning yuragi ham endi emas bardosh.
Afsus ko'zlaridan to'kilar armonli yosh,
Uning yuragiga tushirmas nurin quyosh.
Lek yetib bo'lmaydi, (yetib bo'lmaydi)
Hamma orzularga, ortga qaytib bo'lmaydi, (qaytib bo'lmaydi)
Endi kech afsuslarga. (Endi kech afsuslarga)