Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari shirindir xayollari.
Bu fasli bahorda o'zgacha navolar,
Qaldirg'ochlar qanotida keltirar xabar.
Baxtli oshiq bo'lishga ulgurmas ekanman,
Bugun eshigingga sovchi qo'ymasam agar.
Qir-adirning nolalari ertayu sahar,
Ohularning kiprigida yetkazdi xabar.
Fayzli xonadon bekasi bo'lar ekanman,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Bugun eshigingga sovchi qo'ymasam agar,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari, shirindir xayollari.
Meni tanlading yigitlarning sarvari,
Taqdir yo'llari uchrashtirar hammani, hammani.
Yorqin quyosh ikkimizga nurin taratar,
Maftun ko'nglim sadolari samoga yetar.
Mehringdan bahramand bo'lmay qolar ekanman,
Bugun eshigingga sovchi qo'ymasam agar.
Moviy osmonlarda parvoz etar kabutar,
Sevgi maktubini mening qo'limga tutar.
Tole sarafroz yoring bo'lar ekanman,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Bugun eshigingga sovchi qo'ymasam agar,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari, shirindir xayollari.
Meni tanlading yigitlarning sarvari,
Taqdir yo'llari uchrashtirar hammani, hammani. (x1+x2)