[Jasurbek Mavlonov]
 Og'ir kunda yoningda,
 Quvonchu-shodligingda,
 Ham boru ham yo'g'ingda
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
Kelganda kulfat, balo,
 Qo'llagaydir doimo.
 Shunday aziz, bebaho
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
[Alisher Zokirov]
 Og'ir kunda yoningda,
 Quvonchu-shodligingda,
 Ham boru ham yo'g'ingda
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
Kelganda kulfat, balo,
 Qo'llagaydir doimo.
 Shunday aziz, bebaho
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
[Alisher Zokirov va Jasurbek Mavlonov]
 Bir do'sting bo'lsin ekan,
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
 Molinggamas joningga
 Do'st bo'lib tursin ekan.
Bir do'sting bo'lsin ekan,
 Chin do'sting bo'lsin ekan.
 Boylikkamas boringga
 Do'st bo'lib tursin ekan.
[Alisher Zokirov]
 Sen tomon bo'lib har on,
 Yuz o'girmay hech qachon,
 Ko'ksini qilib qalqon,
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
Olis ketsang kutguvchi,
 Seni deb qayg'uruvchi,
 Dardingni tinglaguvchi
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
[Jasurbek Mavlonov]
 Sen tomon bo'lib har on,
 Yuz o'girmay hech qachon,
 Ko'ksini qilib qalqon,
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
Olis ketsang kutguvchi,
 Seni deb qayg'uruvchi,
 Dardingni tinglaguvchi
 Bir do'sting bo'lsin ekan.
[Alisher Zokirov va Jasurbek Mavlonov]
 Bir do'sting bo'lsin ekan,
 Chin do'sting bo'lsin ekan.
 Molinggamas joningga
 Do'st bo'lib tursin ekan.
Bir do'sting bo'lsin ekan,
 Chin do'sting bo'lsin ekan.
 Boylikkamas boringga
 Do'st bo'lib tursin ekan.