Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog'idanmu?
Buncha chiroyli, bo'yli,
Olmosli tog'idanmu? (2x)
Bosib bir dasta gulni
Bag'riga, keldi dilbar, (x2)
Gullardagi qizillik
Yolg'izlik dog'idanmu? (x2)
Ko'zimga bir jahondek
Ko'ringay yor chiroyli,
Ko'nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog'idanmu?
Ko'nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog'idanmu?
Gohida kelmayin yor
Etganidan intizor, (x2)
O'ynar tanamga sig'may
Yurak, qiynog'idanmu? (x2)
Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog'idanmu?
Buncha chiroyli, bo'yli,
Olmosli tog'idanmu?
Buncha chiroyli, bo'yli,
Olmosli tog'idanmu?
Оlmosli tog'idanmu? {x5}