Yosh edim, yoshligim ketmaydi debman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi debman,
Otam, onam aslo o'tmaydi debman,
Adashdim, ey voh, adashdim.
To abad qalbimni g'ashlab ketdilar,
Chorasiz ko'zlarim yoshlab ketdilar,
Bir-birin baqoga boshlab ketdilar,
Adashdim, ey voh, adashdim.
Ko'nglimda g'amlarning adosi qoldi,
Kimningdir faryodu nidosi qoldi, (x2)
Onamning so'nggi bor duosi qoldi,
Adashdim, ey voh, adashdim.
Hasratim dunyoga sig'maydi, yo Rab,
Armonim bag'rimni tig'laydi, yo Rab, (x2)
Yetimlik Karimdek yig'laydi, yo Rab,
Adashdim, ey voh adashdim.