Kecha eding sen maning yonimda,
Paydo bo'larding har onimda,
Yomg'iri tinmas osmonimdan
Seni izlayman, seni sog'indim.
Jimgina ketding, indamading,
Ko'ngil uchun bir so'z demading.
Sog'inganimni yo sezmading,
Seni sog'indim, seni sog'indim.
Yo'qotganimga ishona olmay,
Nozik qo'lingga qo'l berolmay,
Bugun o'zimga kela olmay,
Seni sog'indim, seni sog'indim.
Biz baxtimizni asray olmadik,
Pok orzularga yeta olmadik,
Oxiri birga bo'la olmadik,
Seni sog'indim, seni sog'indim.
Ichdim qasamlar unutaman deb,
Qo'lda suratlar va yoqaman deb,
Bugun yozarman yana shunday deb:
Seni sog'indim, seni sog'indim.
Sen ham meni hech eslarmisan,
Yozganlarimni tiglarmisan?
Baxtlimi u, deb o'ylarmisan?
Seni sog'indim, seni sog'indim.