Sen ham mendek alamlarni yutmadingmi?
Menga yana zarda qilib ketmadingmi?
Shuncha kutgan yana biroz kutmadingmi,
Layli, Layli?
Yo'llaringni kutmoqni ham bilmabman hech,
Qo'llaringdan tutmoqni ham bilmabman hech,
Boy beribman muhabbatim, yutmabman hech,
Layli, Layli.
Layli, Layli-Layli,
Unutolmay seni hamon, o'ylab yurak og'riydi-ya.
Layli, Layli-Layli,
Jamolingga bir bor to'yib termulsam ham maylidi-ya. (x2)
Sevgimizni tutar edik pinhonalar,
Kerakmasdi Layli-Majnun afsonalar.
Meni tashlab ketding, to'ldi paymonalar,
Layli, Layli.
Kuyganimdan foyda yo'qku, bilaman ham,
Taqdirga tan beramanni qilaman haq.
Unutdim deyman-u eslab turaman ham,
Layli, Layli.
Layli, Layli-Layli,
Unutolmay seni hamon, o'ylab yurak og'riydi-ya.
Layli, Layli-Layli,
Jamolingga bir bor to'yib termulsam ham maylidi-ya. (x2)