O muhabbat,
Bog'ingdan gul termagan kim bor?
O'n sakkizga kirmagan kim bor?
Bog'ingdan gul termagan kim bor?
Senga atab g'azallar yozib,
Hamrohiga asta ko'rsatib,
Qo'shni qizga bermagan kim bor?
O muhabbat,
Bog'ingdan gul termagan kim bor?
Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon. {x2}
Maskan qurib har bir ko'ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.
O muhabbat,
Shoirlarni qilursan biyron.
Tushgan chog'im men ham domingga,
Ajib dunyo baxsh etding menga. {x2}
Hayotimga zar lavha bo'lding,
Ilk she’rimga sarlavha bo'lding,
Xayollarim ulfatdir senga.
O muhabbat,
Xayollarim ulfatdir senga.
Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochildi hayot.
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi g'amlarim shirin,
Kulib boqdi menga koinot.
O'n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog'ingdan gul termagan kim bor?
Senga atab g'azallar yozib,
Hamrohiga asta ko'rsatib,
Qo'shni qizga bermagan kim bor?
O muhabbat,
Bog'ingdan gul termagan kim bor? (x2)