Shodligim olamga sig'mas,
Boisi sen, jonginam, (x2)
Bir ko'rib bo'ldim asir,
Jonginam, janonginam,
Jonginam, janonginam. (x2)
Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding? (x2)
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo'stonginam,
Yuzlari bo'stonginam. (x2)
Har safar bo'lg'ay muattar
Sen yurib o'tsang chaman.
Sochi xushbo'y anbarafshon,
Sunbuli rayhonginam. {x2}
Sen kulib boqsang munavvar
Bo'lg'usi jumla jahon,
Nurga to'ldirding ko'zimni,
Ko'zlari cho'lponginam. {x2}
Nurga to'ldirding ko'zimni,
Ko'zlari cho'lponginam. {x2}
Nuridiydam, mehribonim,
Tengi yo'q sohibjamol.
Xasta bo'lsam, yor yo'lida
Dardima darmonginam. {x2}
Arzigay jonimni qurbon
Aylasam shu yor uchun,
Izlasam ko'pdan beri
Ko'nglimdagi armonginam. {x2}
Oshiq Uyg'un mahliyodir
San'atingga beqiyos,
Tengi yo'q sohib adosan,
Bulbuli xushxonginam. {x2}
Tengi yo'q sohib adosan,
Bulbuli xushxonginam. {x2}
Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding. {x2}
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo'stonginam. {x2}