Oshiqligim bilib, sen jonim,
Oshiq qalbga ozor etding-ku.
Jonim olding kulib, sen janon,
Uzun tunlar bedor etding-ku.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni.
Sadoqatdan kuylagan gulim,
Muhabbatdan so'ylagan gulim.
Oshiq qalbim tilib-tilib,
Bevafolik aylagan gulim.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni.
Qaro ko'zu shirin so'zlaring,
Sog'intirar ushbu kunda ham.
Gar o'ylasam suluv yuzlaring,
Orom bermas qaro tunda ham.
Yashirmagil, jonim, mendan yuzingni,
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni. (x2)
Kulib jonim olgan shahlo ko'zingni.