Ishq bog'imda bahor bo'lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go'zallikda tanho go'zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig'lamagin.
Jonimdan ham ortiq seni sevar edim,
Jamolingda oftoblarni ko'rar edim,
Kuyar bo'lsam, bir oshiqdek kuyar edim,
Kuyish menga qismat ekan, sen kuymagin.
Kuyar bo'lsam, bir oshiqdek kuyar edim,
Kuyish menga qismat ekan, sen kuymagin.
Yig'lamagin, sen kuymagin,
Yig'lamagin, sen kuymagin.
Chin sevgimga ishonmading, nolib netay,
Yo ko'kragim yorib, senga bir ko'rsatay,
Yuragimni qon yig'latib o'tga otay,
Gulxan bo'lib yonib ketay, sen yonmagin.
Shirin so'zlar yarashibdi dudog'ingga,
G'am soyasi tushmasin hech yanog'ingga,
Dildosh bo'lib zorlaringga, ohingga,
Joningga jon bo'lay o'zim, qiynalmagin.
Dildosh bo'lib zorlaringga, ohingga,
Joningga jon bo'lay o'zim, qiynalmagin.
Yig'lamagin, sen yonmagin,
Yig'lamagin, sen yonmagin.
Taqdir dedik, taqdirni ham o'yin qildik,
Xayrlashdik, so'zimizni mayin qildik,
Pushaymonu afsuslarni keyin bildik,
Yulduzimiz bir ekan-ku, biz bilmadik.
Hijroningda kuyib, bir kun o'tar bo'lsam,
Bu dunyodan nolib-nolib ketar bo'lsam,
Pokiza ruh kapalakka men aylansam,
Sendan so'nggi o'tinchim bor – haydamagin.
Pokiza ruh kapalakka men aylansam,
Sendan so'nggi o'tinchim bor – haydamagin.
Yig'lamagin, haydamagin,
Yig'lamagin, haydamagin. {x3}