Erkatoyim, nega ko'zlaringda g'am?
Ko'rib seni bemor men ham,
Ko'rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To'kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.
His-tuyg'u noaniqligi – nafrat,
Kechirimda halovat, bilmaslikda arosat.
Yuzim kular, ichim jim,
Miya aktiv ishlar betinim.
Boshqa qiladigan ishlar ko'p,
Ammo seni o'ylamay o'tmas kunim.
Xayollarim faqat sen bilan band,
Mendan aslo chiqmas donishmand.
Aqlim yetmas, nima kaming bor, gapir,
Kelmasdan mendan ustun-u baland.
Erkatoyim, nega ko'zlaringda g'am?
Ko'rib seni bemor men ham,
Ko'rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To'kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.
Bunaqasi ketmas, mehr avjiga yetmas,
Yuzingda kuz, ichingda tun bo'lsa aloqa davom etmas.
Ta’sir qilar holating, sekin na past ovozing,
Sen uchun bor faqat sen, sen va o'zing.
Bo'ldi jonim bas, yetar, qiynama,
Sen har doim nimadandir norozi.
Jonim, bas, tomoningga boqma,
Ezar yuragimni kuz parishoni.
Erkatoyim, nega ko'zlaringda g'am?
Ko'rib seni bemor men ham,
Ko'rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To'kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.