Bo'laman, deganga hayot bepoyon,
Faqat intilganga bo'lar tole yor.
Sabr qilganlarga rohat, begumon,
Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.
Ayshu ishrat, ey, kayfu safo
Qilib o'zingni yo'qotma san, bu bedavo.
Kechki hayot – bu yovvoyi dunyo,
Qaysi beaql, qaysi dil beparvo
Aytdi sanga hayotni deb bevafo?
Harorat, harorat tepadasan kasofat,
Boringdan yog'ing, qarg'ishlardasan faqat.
Tarbiya yo'q, deb gap tegadi onangga,
La’nat, ming la’nat, deyishar padaringga.
O'yla, o'yla, oxiratingni o'yla!
O'yla, o'yla!
Bo'laman, deganga hayot bepoyon,
Faqat intilganga bo'lar tole yor.
Sabr qilganlarga rohat, begumon,
Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.
Bezbet istak, surbet sinov,
O'zingda bo'lmasa, aybdormas birov.
Ensang qotar kattalarning so'zidan,
Shoshma, boshing do'q etganda bilasan.
Duo ol, duo ol, bor uyingga bor!
Tavba qil, tavba qil, odam bo'lib qol,
Omonat, omonat, har bir kuning g'animat.
Qotma, kulma, bu emasdir maslahat,
Odob, toqat, sanda bo'lsin oqibat.
Hayotingni to'g'irla, qilgin yaxshi niyat.
O'yla, o'yla, oxiratingni o'yla!
O'yla, o'yla!
Bo'laman, deganga hayot bepoyon,
Faqat intilganga bo'lar tole yor.
Sabr qilganlarga rohat, begumon,
Hayot ajratadi kim yaxshi, kim yomon.