Atrof nega-nega jim-jit, nega bunday jim-jit?
Xuddi badanimda ruhim ega emas, silkit.
Farishtami, jin yoki boshqa bir mahluq
Keladi yonimga kuniga,
Nima ekan uning maqsadi bila olmadim,
Lekin ayon u yolg'iz Ollohga.
A, kimsan deganimda, deydi javoban:
Man jon oluvchi Malak-ul Mavtman.
Bugun gunoh qildim, maqsadiga yetdi la’nati,
Qadam-qadamida vasvasalariga ilindim-u
Osiy gunohkor bo'ldim.
Qalbim qoraydi o'z navbatida ya umuman-a
Negizi isyonkor bo'ldim.
Sabr-toqat qil, dedim, maning jonimni olma,
Yomon amallarimga aytay tazarru, tavba.
Badanim jimirlar, jazo bor albatta,
Yashadim g'aflatda bu yovuz dunyoda.
Nobud bo'ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O'zimga zolim bo'ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo'ldim, mani kechir.
Qarab turib ko'rmayman onda-sonda,
Nimanidir ushlab turib, sezmayman onda-sonda.
Xayol joyidamas, yuragim ham yorilay deydi ba'zida hullas,
O'n sakkiz ming olam, jannatu jahannam.
Mana bu mavzu asosan xayolimdan ketmay
Yetkazadi qalbimga azobu, dardu g'am,
Yoki ba'zida malham,
Qayerda bo'lmasam ham, qayerda bo'lsam ham.
Kibr-kibr, kibr-kibr, kibri-kibri-yo,
Nafsimning bugundagi kibrligi ziyo.
De dushman, degin dushman yoki bo'lgin donishmand,
Fahmlagin endi nari-beri, negizi pakdoman.
Taqvoga yaqin bo'lsang, Unga ham yaqinsan,
Yaratganning rahmatiga juda sazovorsan.
Hidoyat ayla, Rabbim, o'zingga muhtojman,
Sandan umidvorman.
Nobud bo'ldim ya Robbana, isyon etdim yana,
O'zimga zolim bo'ldim mani kechir.
Ha, kechir ya Robbana, xato qildim yana,
Nafsimga zolim bo'ldim, mani kechir. (x2)