O'rningda o'zgasi bo'lganda balki
Qadrlardi maning mehrimni, e’tiborimni.
O'rningda o'zgasi bo'lganda balki
Tashlab ketmasdi bila turib yarimta ko'nglimni.
Axir yaxshisan, yaxshi qizni uchratasan,
Deya ketgan eding, jonginam.
Uchratdim go'zal qizni, u juda mehribon,
Unga yoqadi gullar bersam.
Sanga gullar emas, yoqardi sovg'alar,
Sanga kunlar emas, yoqardi-ku tunlar.
Achinaman ko'rib bu ahvolingga, jonginam,
O-o-oo. (x2)
Qara, oramizdagi o'sha farqlarni,
Doim shoshilardim san tomonga.
Sani kutib, shoshib yashagan yuragim
Bugun sanga achinmoqda.
Topdim o'zga go'zalni, u juda mehribon,
Topdim o'zga go'zalni, ou.
Orangizdagi farqlar:
U mani sevadi oddiy bo'lsam ham!
Sanga gullar emas, yoqardi sovg'alar,
Sanga kunlar emas, yoqardi-ku tunlar.
Achinaman ko'rib bu ahvolingga, jonginam,
O-o-oo. (x2)
Achinaman…