Bugun jonim go'zal oqshom, sen oq libosda,
Yoningdagi o'zga yor bilan kelin bo'lib ketarsan.
Egningdagi oq libos, jonim, yuragim ezar,
Ko'zlaringdagi tomchi yosh yurak bag'rimni tig'lar.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Armon bo'lgan sevgimizni eslama.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Orzu bo'lgan sevgimizni eslama.
(Sevgi umuman yurakka yolg'iz o'zi kirmas ekan,
O'zi bilan birga dard, sog'inch olib kirarkan.
Haqiqiy sevgi hech qachon tugamas ekan,
Faqat azoblanar…)
Nega sevgimiz uchun, jonim, biz kurashmadik?
Orzu bo'lgan baxtimizni nega biz asrolmadik?
Bo'lding menga begona, jonim, gulim, nigoram,
O'zga yorning bag'rida bo'lding menga parvona.
Oh, yor-yor aytilar bu kecha,
Yurak bag'rimni tig'laydi yor-yor sadolar qancha.
Ey o'lanchilar, bir zum shoshmay turinglar,
So'nggi so'zlarimni aytay senga, gulim, nigoram.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Armon bo'lgan sevgimizni eslama.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Orzu bo'lgan sevgimizni eslama.
Eh, ko'zingga to'ldi yosh,
Yig'lolmasam netayin?
Visolingga qalam qosh,
Yetolmasam netayin?
Ko'zlarimga boqa olmay deding:
“To'yim bo'lyapti…
Otam meni eshitmay, bir yigitga beryapti.”
Qaniydi kar bo'lib qolsam,
So'zlaringni eshitmay qolsam.
Eh qaniydi, mening jonginam,
Shu so'zlaringni eshitmay o'lsam.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Orzu bo'lgan sevgimizni eslama.
Yig'lama yorim, yig'lama jonim,
Armon bo'lgan sevgimizni eslama.
Baxtli bo'l…