Men nima topibman dunyoga kelib,
Sizdan-da sevimli, sizdan-da aziz? (x2)
Ko'z-ko'z qilmoqlikka, maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz, davlatim ham siz!
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Bedor o'tkazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi, (x2)
Oylaringiz haqqi, yilingiz haqqi,
Sizga fido bo'lsin, jonim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.
Sizdan boshqa har kim aldagani rost,
Alam quzg'un bo'lib talagani rost,
Yer bosib yuribman, osmonni ko'rib,
Sizning duoyingiz asragani rost.
(Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo'ydim,
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam.
Negadir, negadir uzrlarga tilim bormadi,
Ertaga, ertaga ruhim tilga kirganda,
Ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?
Onamsan, onamsan, qalbimni mehringga to'ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat.
O, munosib kuyching bo'lish mushkuldir,
Seni kuylamaslik esa jinoyat!)
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.