Mehr nuri yog'ar doim ko'zingizdan, ustozlar, {x2}
Yursam deyman, bu tabarruk izingizdan, ustozlar. {x2}
Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz, {x2}
Odob ila bilim oldim so'zingizdan, ustozlar. {x2}
Qalbingizning yo'q g'ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog'ining bog'bonisiz, charog'bonsiz ko'ngilga-yo,
Ming ehtirom o'g'lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to'ridan,
Mo'min hayot darsin o'qir o'zingizdan, ustozlar. {x2}
Mehr nuri yog'ar doim ko'zingizdan, ustozlar…