Kayfiyatim zo'r bugun,
Xursandman hayotimdan.
Odamlar mazza qilsin
Ashulam, bayotimdan.
Tongda bulbul ko'nglimni
Xonish bilan oladi.
Bugungi kun bilaman,
Juda baxtli bo'ladi. (x2)
Tog'lar boqib uzoqdan,
Bag'riga meni chorlar.
Esib mayin shabboda,
Qalbimga ishq soladi.
Kayfiyatim zo'r bugun,
Xursandman hayotimdan.
Odamlar mazza qilsin
Ashulam, bayotimdan. (x2)
Sevgan yorim men tomon
Boqib misli farishta,
Jilmayadi, aytadi:
Uyni qildim sarishta.
O'g'il-qizim quvnashib,
Sakrashar qo'zichoqday.
Baxtiyor etar meni
Bir qiqirlab kulishda.
Kayfiyatim zo'r bugun,
Xursandman hayotimdan.
Odamlar mazza qilsin
Ashulam, bayotimdan. (x2)
Boqdim yurtimning obod,
Ozoda ko'chasiga –
Kunduzi gavjum bo'lur,
Osuda kechasiga.
Ko'rkam, ajib binolar
Yurtimning mahobati,
Sayyohlar qoyil qolsin
Kirib bir nechasiga.
Kayfiyatim zo'r bugun,
Xursandman hayotimdan.
Odamlar mazza qilsin
Ashulam, bayotimdan. (x2)
Odamlar mazza qilsin
Ashulam, bayotimdan.