[Shahzoda]
Taqdirimiz bog'lanar bugun,
Yosh ko'nglimda orzularim bor.
Siz-la baxtim bo'lgaydir butun,
Oldimizda hayot degan yo'l.
[Rashid Xoliqov]
Umr asli abadiy emas,
Sen deb yashay unda har nafas.
Uyimga baxt, nur bo'lib kelgin,
Shunda bizga qilishar havas.
[Shahzoda va Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Sevgilim, sen uchun.
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Yolg'izim, sen uchun butun umr.
[Shahzoda]
Baxtimga siz sog'-omon bo'ling,
Doim mening yonimda yuring.
Shodligu g'am, sog'-xastalikda
Men ishongan tog' bo'lib turing.
[Rashid Xoliqov]
O'zingsan yuragimning gavhari,
Hayotimning asl javhari.
[Shahzoda]
Yolg'izim, vafodorim, yagonam,
Ishq o'tida yongan parvonam.
[Shahzoda va Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Sevgilim, sen uchun.
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Yolg'izim, sen uchun.
[Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Yolg'izim, sen uchun.
[Shahzoda]
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Sevgilim, siz uchun butun umr.
[Rashid Xoliqov] Butun umr.
[Shahzoda] Muhabbatim…