Nima uchun Vatan, Yer va tabiatga nisbatan
Ona so'zini qo'shib aytamiz?
Bolam, Ona Yer, Ona Vatan, Ona Tabiat
Onalarimiz kabi mo'tabar va muqaddasdir!
Uni asrab-avaylash, e’zozlash
Har birimiz uchun ham qarz, ham farz!
Sen bilan hamnafas, uyg'unmiz har dam,
Osmono'par tog'laring to'kadi savlat.
Bag'ringda buloqlar jo'sh urar har dam,
Ulug'imsan Vatandek, ona tabiat! {x2}
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.
O'n sakkiz ming olamning ko'rki odamzod,
Ba’zan qilmishlari ozorli, hayhot.
Bu yo'ldan qaytamiz, inson ulug' zot,
Joningga jon bo'laylik, ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.
Farzandlari asl yurtning joni tabiat,
Fidoyisi, darmoni ham shoni tabiat.
Gar sen sog'lom bo'lsang, avlodlar sog'lom,
Jannatmonand, muqaddassan ona tabiat, ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat.
Biz sen-la baxtlimiz, biz seni asraymiz,
Biz seni sevamiz ona tabiat, ona tabiat.