Sahar, sendan umidlarim ko'p,
Sahar, mensiz o'tib ketmagin,
Sening oppoq, yorqin, beg'ubor
Ko'zlaringga hali to'ymadim.
Anduhlardan qarodir tunlar,
Oqibatsiz o'tadi kunlar,
Faqat seni eslamoq yaxshi,
Sen taskinsan, umrimning naqshi.
Faqat seni eslamoq yaxshi,
Sen taskinsan, umrimning naqshi.
Dardlarimni senga bermasman,
Men zaminda endi qolmasman.
Meni ko'zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Meni ko'zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Oyning nuri ko'ksimni tig'lar,
O'ylarimday ko'zi parishon,
Ona, nechun ko'zlaring yig'lar,
Bugun aslo o'lmayman, ishon.
Derazamdan rayhonlar kirar,
Kuylar tongni keltirgan shamol.
Uzoqlarda kimdir sog'inar,
Ona, endi o'lmasman, ishon.
Uzoqlarda kimdir sog'inar,
Ona, endi o'lmasman, ishon.
Dardlarimni senga bermasman,
Men zaminda endi qolmasman.
Meni ko'zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Meni ko'zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Ona, endi o'lmasman, ishon…