Oqar suvlar oqaveradi,
Bahor gullar taqaveradi, (x2)
Kimdir sizga yoqaveradi,
Bu dunyoda men bo'lmasam ham. (x2)
Uchib ketgan turnalar qaytar,
Qaldirg'ochlar qo'shig'in aytar, (x2)
Kimdir sizga dardini aytar,
Bu dunyoda men bo'lmasam ham. (x2)
Sizar daryo samosida oy,
Sochaverar yulduzlar chiroy,
Bo'lardingiz yotga erkatoy,
Bu dunyoda men bo'lmasam ham.
Qolaverar muhabbat mangu,
Yo'qolmaydi shodligu qayg'u,
Boshqa qo'lda yig'laydi cholg'u,
Bu dunyoda men bo'lmasam ham. (x2)
Bu dunyoda men bo'lmasam ham.
Demang jonim “bu yomon niyat”,
Garchi hayot o'zi haqiqat. (x2)
Menku sizni izlardim faqat,
Bu dunyoda bo'lmasangiz ham. (x2)