Mening baxtli bo'lishimni, jonginam, xohlasang,
O'zing ham yoring bilan doimo baxtli yasha.
Mening doim kulishimni, jonginam, xohlasang,
O'zing ham faqat kulib, yig'lamay, kulib yasha.
Mening uzoq yashashimni, jonginam, xohlasang,
O'tmishni esga olmay, doimo olg'a yasha.
Yana meni unutishni, jonginam, xohlasang,
Xazonlar ostida deb u, endi yo'q u deb yasha.
Meni urishni xohlasang, qo'ling devorga urma,
Yoring tashvishga qo'yib, xavotirga uni solma.
Ko'zlarimni ko'rmoqni gohida sen xohlasang,
Ko'zlaringdan tomsin yosh, o'sha munchoq ko'zimdir.
Yana meni sog'inib, iforimni xohlasang,
Ro'molchangni hidlagin, unda mening isim bor.
Yana yuzimga tarsak urishni sen xohlasang,
Soyangga qarab urgin, o'sha soyang o'zimman.
Tunlari bedor bo'lib, uyg'onib uxlolmasang,
Yoringni bag'ringga bos, faqat u sengadir mos.
Adashib ismim takror yana-yana eslasang,
Mana bo'ldi jonim to'y, farzandingga ismim qo'y.
Qayg'u hamda xursandchilik boshimda bor qismat ekan.
Qayg'uyim bu mendan seni ketganing bo'lsa,
Xursandchiligim esa seni yoring bilan baxtli ko'rganim.
Mayli yoring baxtini asragin, ortiq meni eslashga urinma,
Bizning o'tmishimizni endi bir tush deb faraz qilaver.
Mendan ketmaganingda balkim bundanda go'zal hayotni
In’om etgan bo'larmidim.
Balkim ayb senda emasdir,
Ota-onang yuzlarini yerga qaratmaslik uchun
Shunga majbur bo'lgandirsan.
Ne bo'lsa hamki sen baxtlisan,
Endi, endi unutgin o'sha sevgimizni, baxtli kunlarimizni,
Mening yonimni olib, men tarafda bo'lgan do'stlaringni gaplarini.
Chunki sen baxtlisan, mening hamma baxtim shudir,
Seni juda so'gindim,
Lekin endi seni sog'inishga haqqim bormikin…
Yoringni baxtli qilgin, orzularinga yetgin,
Mensiz, mensiz orzularingga yetgin. (x2)
Tunlari bedor bo'lib, uyg'onib uxlolmasang,
Yoringni bag'ringga bos, faqat u senga mos.
Adashib ismim takror yana-yana eslasang,
Mana bo'ldi jonim to'y, o'g'lingga ismim qo'y.