Qanchalar og'ir kechar ichimdagi dard,
Qanchalar ma’yus kuzatarman qarab.
Qanchalar baxtli edik sen bilan,
Yuz burib ketding, aytgin kimlar bilan?
Meni o'ylamading ham, yolg'izginam,
Gullarda shabnam, ko'zlarimda nam.
Qilarkan alam, qaytmasliging bilib,
Muzlaydi tanam, ezaverar g'am.
Aybim – seni yaqin bilganim,
Aybim – jondan aziz suyganim,
Aybim – hamon kecholmaganim,
Aybim…
Bilaman, aybim – umrim xazon bo'lgani,
Aybim – yillar bejiz ketgani,
Aybing – soxta bo'lib ketganing,
Aybing, bu sening aybing.
O'tardi kunlar kezib darbadar,
Yosh to'la tunlar uyqusiz o'tar.
Eski xotiralar yuragimni tilar,
Nafis bu iforing kimga, ayt, taralar?
Ozori o'tdi jonimdan, xayolimdan,
Har bir onimdan, kechib jonimdan.
Sevgandim seni ichimdan to'lib,
Kuydirding meni, o'tlarga qo'yib.
Aybim – seni yaqin bilganim,
Aybim – jondan aziz suyganim,
Aybim – hamon kecholmaganim,
Aybim… (bu mening aybim)
Bilaman, aybim – umrim xazon bo'lgani,
Aybim – yillar bejiz ketgani,
Aybing – soxta bo'lib ketganing,
Aybing, bu sening aybing.