Osmonim bag'ridan yog'ayotgan qor,
 Baxillik, balchiqqa qorishmagin-a.
 Hasadning qo'lida qattiq tosh bo'lib,
 Havas-la talashib, tortishmagin-a. (x2)
Osmonim bag'ridan yog'ayotgan qor,
 Yerga tushmay turib erib ketgin-ey.
 Nokas oyoqlarda bo'lmagin sen xor,
 O'zingdek pok qalbga singib ketgin-ey. (x2)
Osmonim bag'ridan yog'ayotgan qor,
 Kumushdek sozginam, oppoq qishginam.
 Tabiatga orom, bahorga orzu,
 Otashin yozimda shirin tushginam. (x2)
Osmonim bag'ridan yog'ayotgan qor,
 Yerga tushmay turib erib ketgin-ey.
 Nokas oyoqlarda bo'lmagin sen xor,
 O'zingdek pok qalbga singib ketgin-ey. (x2)
Osmonim bag'ridan yog'ayotgan qor,
 Bo'ron, chaqmoqlarga turtilmagin-a.
 Kuzning xazonidan bo'lmayin bezor,
 Sen mendan yiroqlab kutdirmagin-a.