Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo'm-bo'sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go'zalim, tamom bo'ldi sevgi asari. (x3)
Yozding xat: “Unutdim demang faqat,
Ko'z yumaylik bariga, qaytsin o'sha muhabbat.”
Yozdim xat: “San qaytishni o'ylama,
Tamom bo'ldi barchasi, mani unutvor, nuqta.”
Oramizda masofa, cheksiz bo'lgan bu “delema”,
Cho'kdi xuddi azobda dengiz o'rtasida kema.
San endi esdan chiqar berilgan mandan mehrni,
Yoningga kelsa agar, qo'yvormagin u taqdirni.
Baxtli bo'lasan mansiz, unga bo'lib vafodor,
Baxtli bo'laman sansiz, manda o'zga go'zal yor.
U go'zaldir san kabi, balki sani ko'rdim man,
O'chmas ekan baribir, ko'z o'ngimda faqat san.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo'm-bo'sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go'zalim, tamom bo'ldi sevgi asari. (x2)
Tunu-kun sezaman manga bo'lgan muhabbating,
O'sha payt bilaman, san ham sog'indingmi mani.
Bilaman qiyin, unutvorish oson emas ekan,
Vaqt o'tishi tayin, lek xayoldan o'chmas ekan.
Hech qachon, xuddi yo'l oxiri yo'q,
Bu hayot, ortga qaytish yo'li yo'q.
Ko'z yumguncha birdan oradan o'tdi yillar,
Esdan chiqdi manimcha, qurib baxtli oila.
Qarashlariga qoyil, sani eslatar qizim,
Sani farzanding o'g'il, unda esa maning ismim.
Hayot o'zgardi, ana bo'sh emas Toshkent vokzali,
Tanimadingku qara, man ham tanimadim sani.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo'm-bo'sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go'zalim, tamom bo'ldi sevgi asari. (x2)