Gullar ichra tanlaganim, sevganim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim? (x2)
Yaprog'idan shabnam tobda o'pganim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
Ko'ngling ko'chasidan kuylar izladim,
Saroylarga tushmas bo'ldi izlarim,
Mehr to'la ma’yus mening ko'zlarim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
Mehr to'la ma’yus mening ko'zlarim
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
Oh, bir qayrilsang, kuning o'tmay qolarmu?
Odam odamdan shunday ham o'ch olarmu?
G'arib holim seni o'yga solarmu?
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
G'arib holim seni o'yga solarmu?
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
Baxt so'rdingmi, taxt so'rdingmi Ollohdan?
Oh, tush ko'rdingmi ayvonlari tillodan? (x2)
Davlat so'rmay, so'rganim Xudodan –
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
To'ying o'tsa, tong otguncha to'lg'onsam,
To'yxonada gulxan yonsa – men yonsam,
Gar unutsang, unutolmay o'rtansam
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim?
Gar unutsang, unutolmay o'rtansam
Gunohimmi, gunohimmi, yolg'izim? {x2}