Bog'lar atirga to'ldi, {x2}
Hidi kelgan sochingdan.
Qalbim bezovta bo'ldi, {x2}
Ikki kamon qoshingdan!
Bilmam orzu-xayoling,
Qanday o'y bor boshingda {x2}
Yor, o'n sakkiz yoshingda. {x2}
Bilmam orzu-xayoling,
Qanday o'y bor boshingda {x2}
Yor, o'n sakkiz yoshingda. {x2}
Tongda gullar terarsan,
Chambar to'qib kiyarsan.
Goh aksingni ko'rib sen,
Suvga yuzing yuvarsan.
Hech tengi yo'q go'zalsan,
Bilmam kimni sevarsan {x2}
Yor, o'n sakkiz yoshingda. {x2}
Hech tengi yo'q go'zalsan,
Bilmam kimni sevarsan {x2}
Yor, o'n sakkiz yoshingda. {x2}
Nozu-karashmang bilan
Kuydirib xonumonimni,
Ko'z-ko'z qilib jamoling,
Rom etding ko'p ohimni.
Kerak bo'lsa ol deyman,
Sevib tandan jonimni (x2)
Yor, o'n sakkiz yoshingda. {x2}
Yor, o'n sakkiz yoshingda… {x4}