Kuy chalar yurakmi bu,
Sog'mi bu, “durak”mi bu?
Kuydurar yurakni u,
Sog'mi bu, “durak”mi bu?
Gulli shim kiyibdi-ku,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yirtiq shim kiyibdi-ku,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Qo'limda bo'lsa kamon,
Rangimni qilmay somon,
Uni qo'ymasdim omon,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shubha tug'ildi oz-moz,
Yurishi “neto” biroz,
Na tovuq bu, na xo'roz,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Bu qandayin ko'rgilik, savdo?
Do'ppi kiymay qo'ydi haloyiq.
Boshga loyiq do'ppi yo'qdir yo
Bosh qolmadi do'ppiga loyiq.
Betiga aytolmaysan,
Sochidan farqlolmaysan,
Orqadan anglolmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
To'r tashlab tutolmaysan,
Quvlama, yetolmaysan,
Ketiga tepolmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Tirnog'iga lak ham surar,
Sochni har xil rangga bo'yar,
Zokir qiziq shundan kuyar,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Qoshlari misli kamon,
Qoshni tergani yomon,
Aytolmay, dilda armon,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shunday yigitlarni ko'rdim,
Ustida shimi yo'q.
Sira gapga kirmaydi-yey,
Sal gapga yig'laydimi-yey,
Erkakcha kiyinmaydi-yey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Shunaqa shim “moda”mi-yey
Tagi osilib turadimi-yey,
Beli ko'rinib turadimi-yey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yurishi xunuk yomon,
Qiynalar bo'lsa vijdon,
Shimda yur, kiymay ishton,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Yonidan o'tolmaysan,
Ko'zingni uzolmaysan,
Yuqtirma, tuzalmaysan-ey,
Qizmi bu, yigitmi bu?
Juvonmi, erkakmi bu,
Erkakmi, ermakmi bu?
“Zavodskoy brak”mi bu,
Ofatmi, balomi bu?
Tovuqmi, xo'rozmi bu,
Yevropaga taqlidmi bu?