Gaplarimdan ko'ngling og'ripti-ey,
Og'rimasin, ataylab aytdim.
Yig'lamagin og'rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib. (x2)
So'ramagin, kelma ortimdan,
Sababini ayta olmayman.
Sen shunchaki xayrlash-da ket,
Men sevgim deb kurasholmayman.
Onang aytdi: “O'rningni bilgin,
Baland dorga osilma, Subxan.”
Boshdan oyoq qaradi kulib,
G'ururimni sindirdi bilib.
Gaplarimdan ko'ngling og'ripti-ey,
Og'rimasin, ataylab aytdim.
Yig'lamagin og'rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib.
Yonginangdan jilmaydim-ketdim,
Uyga kelib, kuyib yig'ladim.
La’nat aytib molu davlatga,
Sof sevgimni so'yib tashladim.
Aybim nima – seni sevganim,
Pulga mehr olib bo'larmi?
Aybing nima – zebu zarlarmi?
Arzon bo'lib, arzimadimmi?
Senga nima yetmadi yana,
Hurmat, obro', toza muhabbat?
Yoki qasr shohona hayot?
Eh, menda u yo'q, berolmadim.
Gaplarimdan ko'ngling og'ripti-ey,
Og'rimasin, ataylab aytdim.
Yig'lamagin og'rinib-kuyib,
Atay ketdim ustingdan kulib. (x2)
Kuyib ketdim kulgichlaringdan,
Kulganingda ko'zimga qarab.
Qarab qolding ortimdan yig'lab,
Kechir mani, kurasholmadim.
Qarab qolding ortimdan yig'lab,
Kechir mani, kurasholmadim… {x2}