[Faxriddin]
– E aka, bu yoqqa keling, bu yoqqa keling.
[Farrux Hamrayev]
– Ie Faxi, qalay ishlar?
[Faxriddin]
– Qalay, nima gap? Mana buni ko'rdizmi?
[Farrux Hamrayev]
– Voy, mani qizimku bu.
[Faxriddin]
– Ha, mani qizim bo'ladi bu.
[Farrux Hamrayev]
– Qayerdan oldiz rasmni?
[Faxriddin]
– “Odno”dan olaman-da.
[Farrux Hamrayev]
– “Odno”dan? Voy…
[Farrux Hamrayev]
Voy-voy, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o'ralib “komment”da, o'tirarmish-ey “Odno”da.
Voy-voy, voyey, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o'ralib “komment”da, o'tirarmish-ey “Odno”da.
[Faxriddin]
“Otnosheniye” qo'yvopti, “druzya”lar yig'vobdi,
Soni ekan besh mingta, gaplasharmish “lichka”da.
Siz ko'rmagan qizingizning rasmiga qarang ko'p ekan,
Yeb qo'yibsiz, eh akajonim, bu qizingiz pismiq ekan.
[Farrux Hamrayev]
Voy-voy, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o'ralib “komment”da, o'tirarmish-ey “Odno”da.
Voy-voy, voyey, voydod-ey, qizim boshga baloday,
Hammaga o'ralib “komment”da, o'tirarmish-ey “Odno”da.
[Faxriddin]
– Ey aka siqilmang, qo'ysangizchi mani shu qizingizni,
Man o'zim sizga “takoy”ini topib beraman.
[Farrux Hamrayev]
– Eh, qayerdan topib berasiz manga?
[Faxriddin]
– “Odno”dan.
[Farrux Hamrayev]
– “Odno”dan? Ey bo'maydi “Odno”dan,
Manga onasi o'pmagan qiz kerak!
[Faxriddin]
Ey aka, bo'mabsiz, unaqada o'zingiz topib oling.
[Farrux Hamrayev]
“Odnoklassniki” degan balo qaydan chiqdi o'zi?
Kirmasligim bilib turib, yo'lg'on ekan so'zi.
“Otnosheniye” degan narsa o'zi nima ekan?
“Lichka”larda yozganlari nima, ukam?
[Faxriddin]
Eh akam, siz so'ramang, man gapirmay “lichka”ni,
“Otnosheniye” bor degani, demak bo'lar uning sevgani.
Siz bilmaysiz, eh akajonim, “Odno”dagi qizlarni,
Ular makri yomon bo'ladi, kiydirishar hammani.