Bu besh kunlik hayotda ikki ko'zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko'rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho'g'siz, olovsiz yonganlarni ko'rdim men. (x2)
Nohaqlarning yonini, bechoraning molini,
Jon deb turib, jonini olganlarni ko'rdim men.
Amal qilmay diniga, bir marta emas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni ko'rdim men.
Bu besh kunlik hayotda ikki ko'zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko'rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho'g'siz, olovsiz yonganlarni ko'rdim men.
Begona bilan yotgan, balchiqqa dildan botgan,
Hatto badanin sotgan arzonlarni ko'rdim men.
O'zga yurtlarda yurgan, qaytib kelolmay turgan,
Peshonasiga urgan sarsonlarni ko'rdim men.
Bu besh kunlik hayotda ikki ko'zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko'rdim men.
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Hatto cho'g'siz, olovsiz yonganlarni ko'rdim men.
Har kuni ichib yurgan, ichib, otasin urgan,
Ikki oyoqda yurgan hayvonlarni ko'rdim men.
Haqiqat so'z aytganda, qilganida attang-da
Bolasidan qaytganda vayronlarni ko'rdim men.