Ketdi yor,
Nahot endi u qaytmaydi?
Ketdi yor,
Nahot endi sog'inmaydi?
Mayli ketsin yor,
Hayot to'xtab qolmaydi.
Alam qilgani bor –
O'zga go'zal ham bor edi.
Halovatim yo'qoldi
Seni ko'rgan kundan beri.
Ming afsuslarda qoldim,
Axir o'zga go'zal ham bor edi. (x2)
Yonaman-o.
Tomchi ko'z yoshman, ko'zlari daryoman,
Sog'inch hamonman, o'shal yomonman,
Tunlari sog'ingan zoru bedoringman.
Birga o'tkazgan damlarni
Sog'inib ketdim deganingda,
Shirin-shirin bo'salarni
Bedor o'tgan tunlarni
Sog'inib-sog'inib qolaman-da.
Bevafo yor, qasding bormidi?
Yuragim hali beri ko'nikmaydi,
Bevafo yor ketar bo'lding.
Sog'inchim yuragimni tirnaydi,
Bevafo yor ketar bo'lding.
Halovatim yo'qoldi
Seni ko'rgan kundan beri.
Ming afsuslarda qoldim,
Axir o'zga go'zal ham bor edi.
Halovatim yo'qoldi
Seni ko'rgan kundan beri.
Ming afsuslarda qoldim, jonim,
Axir o'zga go'zal ham bor edi.
Tomchi ko'z yoshman, ko'zlari daryoman,
Sog'inch hamonman, o'shal yomonman,
Tunlari sog'ingan zoru bedoringman. (x2)
Ketdi yor…