Go'zal bordir go'zallardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keladi. (x2)
Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda,
To o'lguncha birga yurging keladi. (x2)
Go'zal bordir uzun bo'yli, yoqimli,
Qorong'u kechada tushar yolqini. (x2)
So'zlagan so'zlari bari bol kabi,
Qayda bo'lsa topib olging keladi. (x2)
Go'zal bordir kunda ko'rsang arziydi,
Qora zulfin kunda o'rsang arziydi. (x2)
Xazinangni to'kib bersang arziydi,
Uning savdosida bo'lging keladi. (x2)
Go'zal bordir uzun bo'yli, yoqimli,
Qorong'u kechada tushar yolqini.
So'zlagan so'zlari bari bol kabi,
Qayda bo'lsa topib olging keladi.
So'zlagan so'zlari bari bol kabi,
Qayda bo'lsa topib olging keladi. {x2}
To o'lguncha birga yurging keladi…