Senga bo'lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg'iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o'z hukmin o'tkazar firoq.
Tanishdik, do'stlashdik, tushunmay qoldim
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham?
Nega qaytmayapman rostdan ham sevsam,
Nega sog'inyapman agar sevmasam?
Senga bo'lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg'iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o'z hukmin o'tkazar firoq.
Yig'layapsan, ko'zlaringda tomchilar yosh,
Sen ham mendek og'rinibsan-da, bag'ri tosh.
Sotqin ko'zlaring qilib qoydiku fosh,
Va nihoyat sog'inibsan-da berolmay bardosh.
Tanishdik, do'stlashdik, tushunmay qoldim
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham?
Nega qaytmayapman rostdan ham sevsam,
Nega sog'inyapman agar sevmasam?
Senga bo'lgan sevgimni dunyolar bilmasa ham,
Bandasin yaratgan yolg'iz Ollohim bilsa bas.
Bizlardan bugun diydor ketmoqda yiroq,
Bizlarga o'z hukmin o'tkazar firoq. (x2)