[Faxriddin]
Ko'cha sovuq,
Qorong'u tunda yana ko'zlarimga uyqu kelmagan.
Har kungi holatimdan pushaymonman,
Sodda yuragim qiynalar, sababi yana yolg'izlik.
Sog'inch bilan har kuni tinmay kurashish,
Lekin gohida yengilib, dardimni ichga yutib,
Sevilmagan yurakning tilka-pora holatidan achinish.
Bunday vaziyat endi menga begonamas,
Nega yorim yonimdamas?
Axir ko'ngil berib, sevish gunoh emas!
Nega o'zga bag'riga intilib,
Meni unutib ketding, go'zalim?
Hatto bergan va’dalaring unutib!
Sevgimni kamsitib! Qalbimni o'ksitib!
Xuddi oramizda hech qanday
Iliq munosabat bo'lmaganday,
Ko'zlar ko'zlarga tushmaganday,
Qo'llar qo'llarga tegmaganday,
Ketasan o'zgalarning molu-davlati tomona.
Yuragimdan, ko'zlarimdan, so'zlarimdan
Nechun ketarsan? (x2)
[Farrux Hamraev]
Men seni sog'inganda qaydan topay seni?
Qalb seni soginganda qaydan izlay seni?
Ayrildimmi nahot, endi jonim sendan?
Ne xato o'tdi ayt, bilolmadim mendan?
Yuragimdan, ko'zlarimdan, so'zlarimdan
Nechun ketarsan?
Men seni sog'inganda qaydan topay seni?
Qalb seni soginganda qaydan izlay seni?
Yuragimdan, ko'zlarimdan, so'zlarimdan
Qayga ketarsan?
[Faxriddin]
Nega endi sevgani sevganiga sevilmas,
Bir umr bu hayotda ular nega birgamas?
Manimcha bir inson, bir insonga ko'ngil bersa,
O'sha insondan boshqasi ko'ziga kurinmas.
A bizlarda nega unaqa holat bo'lmadi,
Man tanlaganim negadir mani tanlamadi.
Molu-davlat mandan shunchalik ustun bo'ldimi,
U bevafo chin sevgimning qadriga yetmadi.
[Farrux Hamraev]
Sovuqdan qaltiragan yuzlarimga bir qara,
Sog'inchdan paydo bo'ldi yuragimda bir yara.
Senga intilishdan bormikan endi samara,
Qalbimda oqqan qorlarim ham endi qop qora.
Ko'rinmaydi ko'zlarimga quyosh kulgan kunduz,
Qora bulutlar atrofida ko'rinmas yulduz.
Oy qayg'uradi ko'rib holimni kecha-kunduz,
Ne kulfatlarga solding meni, befavo, afsus!
[Farrux Hamraev va Faxriddin]
Yuragimdan, ko'zlarimdan, so'zlarimdan
Nechun ketarsan? (x2)