[Nilufar Usmonova]
Kerak emas osmondagi oy,
Yetar bizga yerdagi chiroy,
Oy shu’lasi og'ushidaykan-ey,
Men sen bilan qirolichaman.
[Yulduz Usmonova]
Agar dunyoni suv olsa ham,
Osmonini tashlasalar ham,
Bilsin elakda elaganlar-ey,
Men sen bilan qirolichaman.
[Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
Olamda yolg'izim, unutma bir so'zim,
Sening-la men faqat qirolichaman.
La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman.
[Nilufar Usmonova]
Yaqinlarim tushunmasalar,
Meni gunohkor deb bilsalar,
Oz bo'lsa ham baxtli bo'loyin-ey,
Men sen bilan qirolichaman.
[Yulduz Usmonova]
Mayli meni o'tga tashlasang,
Devona-yu Mashrab deb bilsang,
Oh, bilib menga xiyonat qilsang-ey,
Senga uvol qirolichaman.
[Yulduz Usmonova va Nilufar Usmonova]
Sevgila bu qalbim, yosh to'la ko'zlarim,
Sen bilan dunyoda qirolichaman.
Olamda yol'gizim, unutma bir so'zim:
Sen bilan, hayotim, qirolichaman.
La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman. (x2)
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman…