Ko'r bo'lsin mening ko'zlarim,
Sening shahlo ko'zlaringni men ko'rmay.
Kar bo'lsin-a quloqlarim,
Sening shirin ovozing eshitmay.
Tilim kesib tashla, isming so'zlamay,
Qo'lim uzib tashla, qo'llaring ushlamay.
Oyog'imdan mahrum qil, yura olmay,
Eslarimni sarson qil, seni eslamay.
O', eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u, men o'layin.
O'layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin.
Bor uyimdagi narsamni sindir,
Yondirib yubor mening kiyimlarim.
Mayda-mayda, maydalab tashla,
Mening aftim bor rasmlaring.
Suvda cho'ktir meni, sen deb yonmay,
Meni bo'g'ib qo'y, sen bilan nafas olmay.
Meni zaharla, ko'p qiynamay,
Meni o'ldir, yol'giz sen deb yashamay.
O', eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u, men o'layin.
O'layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin. (x1+x1)
Ko'r bo'lsin mening ko'zlarim,
Sening shahlo ko'zlaringni men ko'rmay.
Kar bo'lsin-a quloqlarim,
Sening shirin ovozing eshitmay.