Ollohimning sinovlari boshingga tushsa,
Hayot chetdan senga tashvish atasa,
Taqdirga qorong'u zulmatlar bitsa,
Qayg'urma, sen yolg'iz emassan!
Boshini tutguvchi dardkash topmasang,
Alamdan chidolmay hamroh topmasang,
Bevafo dunyodan vafodor izlab,
Qayg'urma, sen yolg'iz emassan!
Boshingni silovchi Vatandir seni,
Ustozing ham onang, otangdir seni,
Yoningda bir tomda yotgan jigarlar,
Qarindosh-yaqining, joningdir seni.
Hech kimga kerakmas, kimsaman, dema,
Na opa, na uka, farzandman, dema,
Yolg'izlik domiga aslo tortmasin,
Sinmagin, u hayot xandon kulmasin!
Ota-onang ayblab, qilmagin xato,
Beshafqat bu hayot, tushungil ammo.
Baxt ne, deb izlama, yoningdadir biz,
Tinch yurtda tug'ilib o'sganing baxtdir!
Hayot quvonchlari, hali oldinda,
Qayg'urma, sen yolg'iz emassan!
(Yarim ko'ngillarni tog'day ko'targan,
Bizlarga ummonday mehr atagan,
Bag'ri keng insonlar, bor bo'ling sizlar,
Спасибо за веру, надежду и любовь,
За детскую радость, счастливое детство!)
Xalqin kelajagin o'ylagan Yurtboshim,
Yovlardan asragay seni yurtdoshim!
Bolaning qadriga yetguvchi bu yurt,
Ishon, sen yolg'iz emassan!
Boshingni silovchi Vatandir seni,
Ustozing ham onang, otangdir seni,
Xalqin kelajagin o'ylagan Yurtboshim!
Qadrlab o'taylik, keling yurtdoshim!
Ishongin, sen yolg'iz emassan!
Поверь, ты не одинок!