Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og'irdir,
Har qirrasi qizil cho'g'.
Og'riydi, jonim og'rir,
Bu og'riqqa davo yo'q. (x2)
Bir kun ko'rib tanidim,
Tosh yo'ldagi izingni.
Peshvoz chiqqan men edim,
Ketding burib yuzingni. (x2)
Salom sevgi azobi,
Boq bevafo yoringga.
Shukur qildim ortingdan
Bu dunyoda boringga. (x2)
Bo'ldi, seni ko'ksimdan
Yulib suvga otarman.
Sohillarda qum bilan
Quchoqlashib yotarman. (x2)
Yana to'sdi yo'limni,
Yana to'sdi ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko'nglimni
Yuragimga bosdi jim.
Yana to'sdi yo'limni,
To'sdi yana ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko'nglimni
Yuragimga bosdi jim.
Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og'irdir,
Har qirrasi qizil cho'g'.
Og'riydi, jonim og'rir,
Bu og'riqqa davo yo'q. (x1+x2)